“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Undiruv markazi, Agentlar va sug‘urta qoplamasi bilan ishlash xizmatida Menejer lavozimiga malakali va munosib nomzodlarni ishga taklif etadi.
28.09.2026 12:56
Ish joyi
Toshkent shahar Undiruv markazi
Ish tajribasi
Kamida 2 yil
Asosiy vazifalar
• Kichik va mikro biznes segmenti hamda Undiruv markazi mijozlarining muammoli va muddati o‘tgan kredit qarzdorliklarini sudgacha bo‘lgan tartibda undirish bo‘yicha sug‘urta tashkilotlari bilan ishlash;
• Jismoniy va yuridik shaxslarga 100 foiz nomulkiy ta’minot — sug‘urta polisi (14, 15-klass) va/yoki kafillik asosida ajratilgan kreditlar, mikroqarzlar va overdraftlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarni undirish;
• Sug‘urta kompaniyalariga talabnomalar yuborish hamda muddati o‘tgan qarzdorliklarni undirish jarayonini tashkil etish;
• Qarzdorliklarni undirish bo‘yicha autsorsing va tashqi pudratchi tashkilotlar bilan ishlarni muvofiqlashtirish, topshirilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va hisobini yuritish;
• Sud hal qiluv qarori, sud buyrug‘i va notariusning ijro xati mavjud bo‘lgan qarzdorliklarni autsorsing tashkilotlariga taqdim etish;
• Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida Bankning tarkibiy bo‘linmalari va tarmoqlari bilan hamkorlikni tashkil etish;
• Aktivlarni undirish va sotish bilan bog‘liq boshqa vazifalarni amalga oshirish;
• Xizmat vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Bankning tarkibiy bo‘linmalari va tarmoqlarining yozishmalari hamda boshqa hujjatlariga o‘z vaqtida va sifatli javob berish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
• Oliy ma’lumot — iqtisodiy yoki yuridik yo‘nalishda;
• Kamida 2 yil ish tajribasi;
• Yaxshi kommunikativ ko‘nikmalar;
• Mijozlar bilan muzokara olib borish va konstruktiv muloqot qilish qobiliyati;
• Muammoli va muddati o‘tgan qarzdorliklar bilan ishlash ko‘nikmasi;
• Analitik fikrlash qobiliyati;
• Diqqatlilik va mas’uliyatlilik;
• Stressga chidamlilik va qat’iyatlilik;
• Kreditlash asoslari va bank mahsulotlarini bilish;
• Xizmat yuzasidan hududlarga chiqishga tayyorlik;
• Hujjatlar va rasmiy yozishmalar bilan ishlash ko‘nikmasi.
Asosiy ko‘nikmalar
• Muddati o‘tgan va muammoli qarzdorliklarni undirish;
• Qarzdorlar va kreditga aloqador shaxslar bilan muzokaralar olib borish;
• Talabnoma va boshqa hujjatlarni tayyorlash;
• Sudlar, Majburiy ijro byurosi (MIB), notariuslar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
• Kredit qarzdorligini tahlil qilish;
• Bank axborot tizimlarida ishlash;
• Qonunchilik va Bankning ichki hujjatlari talablariga rioya qilish.
Ish sharoitlari
• “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda rasmiy ishga qabul qilish;
• Ish joyi — Toshkent shahar Undiruv markazi;
• Lavozim bo‘yicha professional rivojlanish imkoniyati;
• Xizmat vazifalaridan kelib chiqib, hududlarga xizmat safarlari.

93
Boshqa yangiliklar